"Inter" o'yinchilari klub prezidentining 2 oylik maoshdan voz kechish taklifini qabul qilishmadi

Alisher
15 may 2021, 15:34
"Inter" o'yinchilarni maoshning bir qismidan voz kechishga ko'ndira olmayapti.

Oldin ma'lum bo'lganidek, "neradzurrilar" prezidenti Stiven Chan jamoaga 2021/22 yilgi mavsumdagi ikki oylik maoshdan voz kechishni so'ragan edi.

Futbolchi, murabbiy yoki "Inter" rahbarlaridan hech biri ushbu taklifni qabul qilmadi.

O'yinchilarning ikki oylik maoshni 2022/23 yilgi mavsumgacha kechiktirishni ham rad etishlari ehtimoli mavjud.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Repubblica