"Inter" MYUdan taklif kutyapti

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2024
"Inter" Denzel Dumfris bilan xayrlashmoqda.

Leteralning Milan klubi bilan shartnomasi kelasi yil yakuniga etadi. Qishda tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazishgan edi, ammo moliyaviy jihatlarni kelisha olishmadi: Futbolchining vakillari yiliga 5,5 mln. evro bo'lgan bitim so'rashdi, klub esa 4 mln. evro taklif qildi. Keyinroq agentlar taklifni pasaytirishdi, biroq kelisha olishmadi.

"Inter" futbolchini tekinga qo'yib yuborishdan ko'ra sotishni maqul ko'rmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, milanliklar transferdan 25-30 mln. evro ishlab olmoqchi.

Futbolchi borasida "Aston Villa" taklif bilan chiqdi, ammo italiyaliklar kurashga "Manchester Yunayted" qo'shilishini kutishmoqda.

Dumfris so'nggi mavsum A Seriyaning 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport