

Uchrashuvni butun dunyo bo'ylab jami 862 million odam tomosha qilishi kutilmoqda. Bahs mahalliy vaqt bilan soat 12.30da (Toshkent vaqti bilan soat 15.30) boshlanadi.
Bu esa Osiyo mamlakatlarida uchrashuvni qulay vaqtda tomosha qilish imkonini beradi. Bundan tashqari kuni kecha Milanni xitoylik investorlar sotib olishdi.
Klublar chipta sotuvidan 4 million evro ishlab olishadi. Inter sentyabr oyida Yuventusga qarshi o'yinda chipta sotuvidan 3,9 mln ishlab topgandi.




