"Inter Mayami" Messi bilan shartnoma uzaytirilganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
23 okt 2025, 21:17
"Inter Mayami" Leo Messi bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Unga ko'ra futbolchi Mayami jamoasida yana 3 mavsum o'ynaydi. Tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.

"Barselona" va PSJ kabi jamoalarning sobiq futbolchisi 2023 yildan buyon MLSda o'ynamoqda. U ushbu mavsumda chempionatning 28 o'yinida 29 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia