"Inter Mayami" egasi Messi bir yilda qancha pul topishini aytdi

Aslanov Jasurbek
6 apr 2024, 16:10
"Inter Mayami"dagilar Lionel Messining daromadi haqidagi ma'lumotni oshkor qilishdi.

Argentinalik hujumchi o'tgan yili AQSH klubiga o'tgan edi.

"Inter Mayami" egalaridan biri Xorxe Masning so'zlariga ko'ra, Messi yiliga kafolatlangan 50-60 mln. dollar ishlab topadi. Bu mablag' futbolchining Adidas va Appple bilan tuzgan individual shartnomalari evaziga oshishi mumkin.

Masning aytishicha, futbolchi kelajakda klub egalaridan biriga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Forbes