"Inter" Lukaku va Sanchesdan so'ng yana bir MYU futbolchisini sotib olmoqchi

Alisher
10 sen 2019, 10:42
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Inter" 31 yoshli xavbek bilan yanvarda shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Matichning "qizil iblislar" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan va tomonlar shartnomani uzaytirishni xohlashmayapti.

Milanliklar shu yozdayoq MYUning ikki o'yinchisi, Romelu Lukaku va Aleksis Sancheslarni jamoaga olib kelishgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calcio Mercato