“Inter” Kondogbani o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralar olib borayapti

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2013, 10:03
“Inter” “Sevilya”klubi yarim himoyachisi Joffre Kondogbani o'z safiga qo'shib olish bo'yicha urinishlarini davom ettirmoqda.

Italiya klubining sport direktori yaqinda futbolchini bir qism huquqlariga egalik qilayotgan Doyen Sport kompaniyasi xo'jayini Nelio Lukas bilan uchrashgan. “Inter” bo'lajak muzokalaralardan foyda bo'lish yoki bo'lmasligini aniqlashtirish uchun kompaniya bilan uchrashishga qaror qilgan.

Kondogbaning o'zi esa kelgusida faoliyatini “Real” klubida davom ettirish istagini bildirgan. Shu sababli “Sevilya” futbolchini o'z safiga olib qolishga harakat qilayapti. Bu esa o'z navbatida “neriadzurrilar”ning futbolchini xarid qilish rejasiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru