"Inter" kelasi hafta Barella bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qilishni rejalashtirmoqda

Alisher
29 okt 2021, 12:47
"Inter" yarim himoyachi Nikolo Barella bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

24 yoshli italiyalik bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolangani kelasi haftada rasman e'lon qilinadi.

Futbolchining maoshi ko'tariladi, klub esa o'yinchini bo'lajak sardor sifatida ko'rmoqda.

Barella 2021/22 yilgi mavsum "Inter" tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano