

Avvaliga nerazzurlar futbolchi uchun 18 mln. evro taklif qilishdi, ammo keyinroq ular talab qilingan 25 mln. evroni to'lashga rozi bo'lishdi. Muzokaralar bir oydan ko'proq vaqt davom etdi va yakuniy qaror bugun e'lon qilinadi. Kandreva 31 iyul kuni "Inter"da tibbiy ko'rikdan o'tadi. Uning yillik maoshi 2,7 mln. evro tashkil etadi.



