“Inter” Italiya futbolida rekord o'rnatdi

10 dek 2019, 07:43
Milanliklar chiptalar sotuvida katta daromad qildi.

“Inter”-“Barselona” uchrashuviga sotilgan chiptalardan milanliklar qariyb 8 mln evro daromad qildi. Bu Italiya futboli uchun mutlaq rekord hisoblanadi. “Neradzurrilar” bugun tungi 01:00 da boshlanadigan uchrashuvga chiqarilgan barcha chiptalarni sotishga erishgan.

Ma'lumot uchun, agar “Inter” bugun “Barselona”ni yutgan taqdirda 1/8 finalga yo'l oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttomercatoweb