"Inter" Hakimining narxini oshirdi

Alisher
29 may 2021, 16:15
"Inter" himoyachisi Ashraf Hakimi transfer bozorida katta talabga ega bo'lmoqda.

22 yoshli futbolchining xizmatlariga bir nechta top-klublar qiziqmoqda. Gap PSJ, "Bavariya" va "Manchester Yunayted" haqida ketmoqda.

Milanliklar o'yinchini o'z tarkiblarida saqlab qolishmoqchi, ammo Ashraf uchun 70 million evro to'lansa, ular futbolchini sotishlari mumkin.

Himoyachi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 8ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes