"Inter" futbolchisi klub bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirdi

Alisher
24 dek 2021, 11:01
"Inter" himoyachisi Federiko Dimarko klub bilan shartnomani uzaytirdi.

Jamoa rasmiy sayti xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Himoyachi 2021/22 yilgi mavsum 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

U o'tgan mavsumni ijara asosida "Verona"da o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: inter.it