"Inter" futbolchilar sotuvidan 133 mln evro ishlab olmoqchi

Mirjalol Normatov
19 mar 2020, 21:30
Milan klubi yozgi transferlarga tayyorlanmoqda.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "Inter" ayni damda ijara berilgan barcha futbolchilari bilan xayrlashishga tayyor turibdi. Ularning barchasi sotib yuborilgan taqdirda 133 mln evro ishlab olinadi.

Hozirda "Inter"ning 5 futbolchisi:  Mauro Ikardi, Ivan Perishich, Joau Mariu, Raja Nainggolan va Valentino Lazaro ijarada o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato