"Inter" "Fiorentina"ga Yovetichni ijaraga berishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
26 avg 2016, 18:14
"Fiorentina" va "Inter" nerazzurlar hujumchisi Stevan Yovetich ijarasi borasida kelishuvga erishishdi.

Kelishuv klub vakillari va futbolchi agenti birga tushlik qilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Yovetich mashg'ulotdan so'ng o'z agenti bilan uchrashib, ijaraga rozilik berdi. Avvaliga milanliklar futbolchini qo'yib yuborishni istamadi, ammo Florenciya klubi vakillari Yovetichning maoshini o'z bo'yniga olishini vada qilishganidan so'ng hammasi o'zgardi.

Stevanning transfer huquqi "Manchester Siti"ga tegishli.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport