"Inter" Eriksenning o'rnini ukrainalik futbolchi bilan to'ldirmoqchi

9 noya 2020, 20:02
"Atalanta" yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy qishda Milanning "Inter" klubiga ko'chib o'tishi mumkin, deya xabar tarqatdi "Tuttosport".

Takidlanishicha, "neradzurrilar" rahbariyati 27 yoshli ukrainalik futbolchi orqali jamoani tark etishi kutilayotgan Kristian Eriksenning o'rnini to'ldirishni maqsad qilgan.

Ruslan Vladimirovich Malinovskiy "Atalanta" tarkibiga 2019 yilda Belgiyaning "Genk" jamoasidan kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport