"Inter" Di Mariyaga qiziqmoqda

Alisher
16 noya 2020
"Inter" mavsum so'nggida PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Milan klubi 32 yoshli argentinalik futbolchiga qiziqmoqda, o'yinchining parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq, PSJ yangi shartnoma borasida Di Mariya bilan muzokaralarni boshlagani haqida xabar berilgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal