"Inter" Brozovichning yangi shartnomasi borasida kelisha olmayapti

Alisher
5 noya 2021
"Inter" yarim himoyachi Marcelo Brozovich bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti.

"Neradzurrilar" futbolchiga 2025 yilning iyuniga qadar shartnoma va bonuslarsiz 5 mln evro shartnoma taklif qilishmoqchi.

Xorvatiyalik esa uzoqroq shartnoma va yiliga 7 mln evro maosh xohlamoqda. Uning klub bilan tuzgan bitimi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

28 yoshli xavbek joriy mavum barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira