"Inter" bor e'tiborini "Barselona" o'yinchisiga qaratgan

Alisher
22 avg 2019, 14:18
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa rahbariyatidan Arturo Vidalni sotib olishni so'radi.

"Barselona" xavbekining "neradzurrilar" tarkibiga o'tishi borasida butun yoz davomida gapirildi, ammo chililik o'yinchi yakunda Kataloniya poytaxtida qolishni maqul ko'rdi.

Xabarlarga ko'ra, "Inter" yana futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqchi. "Ko'k-anorranglilar" oldinroq Vidalni 45 million evro sotishni xohlashmagan edi.

Futbolchi "Barselona"ga qadar "Kolo-Kolo", "Bayer 04", "Yuventus" va "Bavariya" klublarida o'ynagan.

32 yoshli Vidal yakunlangan mavsum La Liganing 33ta o'yinida maydonga tushib, 3ta gol va 7ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport