"Inter" Belerinning transferi uchun pul to'lamoqchi emas

Alisher
18 iyul 2021
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin "Inter"ga o'tmasligi mumkin.

Italiya klubi o'yinchi uchun talab qilingan 35 mln evroni to'lamoqchi emas, Milan klubi ispaniyalikni xarid qilish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi.

Bu esa "kanonirlar"ni qoniqtirmayapti, klub futbolchining faqatgina sotuvini ko'rib chiqishga tayyor.

Futbolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun