"Inter", "Bavariya" va "Yuventus"ning sobiq himoyachisi faoliyatini 41 yoshida yakunladi

31 yanv 2020, 02:35
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lusio o'zining Instagram'dagi shaxsiy sahifasi orqali faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

"Futboldagi 22 yillik faoliyatimdan keyin butsalarimni mixga ilish vaqti kelganini tushundim. Xudoga shukr, futbol va oilam uchun!" - deb yozdi 41 yoshli Lusio.

Ma'lumot uchun, Braziliya terma jamoasi, "Bavariya", "Inter" va "Yuventus"ning sobiq futbolchisi YCHL va JCH-2002 g'olibi, Konfederatsiyalar kubogining ikki karra sohibi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports