“Inter” 7 futbolchi bilan xayrlashdi

Eldor Akmurzayev
6 okt 2020, 19:25
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, jamoani darvozabon Tommazo Berni (erkin agent), himoyachilar Kristiano Biragi (ijara shartnomasi tugab, “Fiorentina” qaytdi) va Diego Godin (“Kalyari”ga o'tdi), yarim himoyachilar Antonio Kandreva (“Samdoriya”ga o'tdi), Viktor Mozes (ijara shartnomasi tugab, “Chelsi”ga qaytdi), Borxa Valero (“Fiorentinu”ga o'tdi) hamda Kvadvo Asamoa (erkin agent) tark etdi.

Avvalroq, “neradzurrilar” himoyachi Matteo Darmianni “Parma”dan sotib olish huquqi bilan ijaraga olgani haqda xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: inter.it/en