“Inter” 6 nafar futbolchisi bilan shartnomalarni uzaytirdi

26 okt 2018, 08:46
Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Unga ko'ra, himoyachi Joao Miranda bilan 2020 yilgacha, hujumchi Antonio Kandreva bilan 2021 yilgacha, yarim himoyachilar Marselo Brozovich hamda Matias Vesino bilan esa 2022 yilgacha shartnomalar uzaytirildi.

Bundan tashqari Enrike Dalbert hamda Roberto Galyardini ham “Inter” bilan shartnomasini 2023 yil iyunigacha uzaytirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Интер” матбуот хизмати