

"Krishtianu, xush kelibsan. U bizning ligaga qay tarzda moslashishi meni qiziqtirmoqda. U bu yerda o'yinlarni bir o'zi yuta olmaydi.
Balki Ronaldu o'zining sevimli Chempionlar ligasida katta mas'uliyatni o'z bo'yniga olar. Ikki mavsum oldin u 1/8 finalda bizning darvozamizga gol ura olmagandi. Umid qilamanki, bu ishni yana davom ettiramiz", - dedi Insine.


