Insine: "Ronaldu Italiyada o'yinlarni bir o'zi yuta olmaydi"

Mirjalol Normatov
17 iyul 2018, 20:53
"Napoli" forvardi Lorenco Insine hujumchi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tgani borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Krishtianu, xush kelibsan. U bizning ligaga qay tarzda moslashishi meni qiziqtirmoqda. U bu yerda o'yinlarni bir o'zi yuta olmaydi.

Balki Ronaldu o'zining sevimli Chempionlar ligasida katta mas'uliyatni o'z bo'yniga olar. Ikki mavsum oldin u 1/8 finalda bizning darvozamizga gol ura olmagandi. Umid qilamanki, bu ishni yana davom ettiramiz", - dedi Insine.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport