Rauf Talgatovichning bizga bergan ma'lumotiga ko'ra, "Maqtaaral" ertaga Toshkentda 10 kunga mo'ljallangan o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi.
Reja bo'yicha, dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'inini 20-28 dekabr kunlari oralig'ida o'tkazdik. Ikkinchi yig'in 5-19 yanvar kunlari tashkil etildi. Har ikki yig'inimiz o'z bazamizda bo'lib o'tdi. Endi 24 yanvardan uchinchi yig'inimiz boshlanadi. Vaziyat o'zgarib qolmasa, 3 fevralgacha Toshkentda shug'ullanamiz. Hozirda poytaxtdan mehmonxona izlayapmiz. Qozog'istonning aksariyat klublari ayni paytda Turkiya va BAAda yig'in tashkil etayotgani bois, u yerda nazorat o'yinlari o'tkazishning imkoni yo'q. Shuni inobatga olgan holda, Toshkentda yig'in o'tkazishga qaror qildik. Bu yerda kamida 3-4ta o'yin o'tkazamiz. Birinchi galda mehmonxona hamda mashg'ulot o'tkazadigan maydon masalasini hal qilib olishimiz kerak. Shundan so'ng, raqiblar bilan kelishib olish qiyin kechmaydi. Bundan tashqari, rejamizdan fevral oyida Chimkentdagi turnirda qatnashish ham o'rin olgan, - deydi R.Inileev.