Ingzning uyini o'margan o'g'riga sud hukmi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020, 16:55
"Sautgempton" forvardi Denni Ingzning uyiga o'g'rilikka tushgan 3 o'g'ridan biri Jek Kouv sud hukmi bilan 9 yilga qamaldi.

Bu haqida "Daily Mail" xabar bermoqda. 21 yoshli o'g'ri may oyida 2 sherigi bilan birga futbolchining uyiga kirgan va 9 ming funt bilan birgalikda uning avtomobilini ham o'g'rilab qochgan.

Kouv sentyabr oyida yana bir o'g'rilikni amalga oshirayotgan chog'ida policiya tomonidan qo'lga olingan. U tergov davomida futbolchining uyiga kirganini ham tan olgandi. Shuningdek, boshqalarning bank kartasi, transport vositasini o'g'rilash va uni tegishli hujjatlarsiz boshqargani borasidagi ayblovlar ham qo'yilgan.

9 yil qamoqda o'tirib chiqqanidan keyin Kouv 8 yil davomida mashina ham boshqara olmaydigan bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail