Ingliz futboli afsonasi Tom Finni 92 yoshda vafot etdi

15 fev 2014, 12:54
Angliya terma jamoasi hamda "Preston Nort End" klubi sobiq futbolchisi, afsonaviy Tom Finni 92 yoshda olamdan o'tdi.
U faoliyatining asosiy qismi, yani 1946-1960 yillar mobaynida "Preston"da to'p tepgan va Angliya chempionati doirasida 433 o'yinda maydonga tushib, 187ta gol kiritishga erishgan.

Undan tashqari, u Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri hisoblanadi. Finni terma safida 76 o'yinda maydonga tushib, 30 golga mualliflik qilgan. Ikki bora futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

1998 yilda Finni ricarlik unvonini qo'lga kiritgan.

Manba: sports.ru