Inestaning uchinchi farzandi tug'ildi

Aslanov Jasurbek
17 may 2017
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta oilasida yana bir chaqaloq dunyoga keldi.

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi va Anna Ortisning uchinchi farzandi tug'ildi. Unga Siena deb ism qo'yishdi.

"Xush kelibsan, Siena. Onasi va qizim o'zini yaxshi his qilishmoqda. Unutilmas kun" - deydi Inesta "Tvitter"dagi safihasida.

Inesta va Ortis 2012 yil turmush qurishgan edi. Ushbu juftlikning Sienadan tashqari Valeriya (6 yosh) va Paolo Andrea ismli farzandlari bor.

"Barselona" futbolchilaridan biri uylandi, ammo Messi emas


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com