Inesta JCH favoritlari safiga Ispaniyani qo'shmadi

Mirjalol Normatov
5 iyun 2018, 16:22
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta yaqinlashib kelayotgan mundialning favoritlari haqida gapirdi.

"JCH-2018 favoritlari? Argentina, Braziliya, Germaniya, Fransiya. Biroq bunday turnirlarda juda ko'p syurprizlar bo'lishi mumkin. Bu esa barcha muxlislarni ham xursand bo'lishmaydi", - dedi 34 yoshli futbolchi "Excelsior.com" nashriga.

Ispaniya mundial guruh bosqichida Portugaliya, Marokash va Eron termalariga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Excelsior.com