Incheon-2014. FOTOGALEREYA. Do'smatov jangining yorqin chizgilari

Narzulla Saydullayev
29 sen 2014, 08:55
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'zining qizg'in pallasiga kirib borayotgan 17-Osiyo o'yinlarida kecha erkaklar o'rtasidagi boks bahslari davom ettirildi.
49 kg. vazn toifasida Xasanboy Do'smatov nimchorak final bahsida indoneziyalik Kornelis Languni mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlar barcha raundlarda bokschimizning g'alabasini qayd etishdi: 30:27, 30:26, 30:26.

Endi Do'smatov chorak finalda filippinlik Barriga Mark Entoniga qarshi ringga ko'tariladi. Bu bahs 30 sentyabr kuni tashkil etiladi. Hozir esa e'tiboringizga Xasanboyning so'nggi jangidan sara suratlarni havola etamiz.

Suratlar muallifi – Nodirxo'ja Yuldashev. Incheon shahridan saytimiz uchun maxsus


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com