Immobile “Lacio” tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi

Eldor Akmurzayev
13 may 2021, 21:40
A Seriya 36-turidan o'rin olgan “Lacio” – “Parma” bahsida mezbonlar Chiro Immobilening yagona gol evaziga zafar quchdi – 1:0.

Shu tariqa, Immobile “Lacio”dagi umumiy gollari sonini 150 taga etkazib, klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. U Silvio Piolani (149 gol) ortda qoldirdi. Kuchli uchlikka esa Juzeppe Sinori (127) yakun yasagan.

31 yoshli italiyalik joriy mavsum chempionatda 33 o'yinda maydonga tushib, 20+7 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com