Ilyaramendi: Ronaldu – jahonda tengsiz

15 iyul 2013, 10:53
"Real"ning yangi yarim himoyachisi Aser Ilyaramendi "qaymoqrang"lar tarkibida ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritmoqchi, deya xabar beradi ispan matbuoti.

Futbolchi, shuningdek, jamoadoshi Krishtanu Ronalduning o'yinlarini alohida etirof etib, uni jahonning eng yaxshi futbolchisi deb bilishni ta'kidlab o'tdi.

"O'zimni har doim, har bir mashg'ulotda bor kuchini berib ishlaydigan, mehnatdan qochmaydigan inson deb bilaman. Albatta, o'yinlarda har qanday holat yuz berishi mumkin. Biroq men har bir o'yinga to'g'ri chog'lana olaman".

"Ronaldu haqida gapiradigan bo'lsam, u - jahonning eng yaxshi futbolchisi. Biz, uning jamoadoshlari ham unga munosib bo'lishimiz kerak", - deydi Ilyaramendi.


Manba: championat.com