Ilya Ilin: "Rahbariyat oldimizga kuchli sakkizlikka kirish vazifasini qo'ygan"

Aziz Tukhtamuradov
12 mar 2016, 12:31
"Qo'qon-1912" futbolchisi Ilya Ilin "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Bunday yirik hisob bo'lishini kutmagandik. Nima sabab bo'ldi, bilmayman... Jamoa yangi. Mavsum endi boshlandi. Umid qilamanki, 5-6 turlarga kelib jamoa bir birini tushunib ketadi va shunda o'z o'zidan natijalarimiz ham yaxshilanadi", - deya so'z boshladi himoyachi.

- Keyingi o'yin uch haftadan so'ng, ikkinchi aprel kuni "Andijon"ga qarshi bo'lib o'tadi. Jamoa bu muddat ichida nimalar bilan mashg'ul bo'ladi?

- "Paxtakor"ga qarshi o'yinni tahlil qilamiz. Xatolarni ko'rib chiqib xulosa chiqaramiz va yangi kuch bilan "Andijon"ga qarshi o'yinga tayyorlanamiz. Ularga qarshi derbi o'yini umuman boshqacha bo'ladi. O'z maydonimizda o'ynaymiz.

- "Qo'qon-1912"ning ushbu mavsum uchun rejalari qanday?

- Har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Rahbariyat tomonidan oldimizga kuchli sakkizlikka kirish vazifasi qo'yilgan", - deydi qo'qonliklar futbolchisi Ilya Ilin.


Aziz To'xtamurodov



O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia