Haqiqatan ham Ilin hozirgi kunga kelib "Buxoro" safida mashg'ulotlar olib boryapti.
Hali u jamoa bilan shartnoma imzolaganicha yo'q.
Ilinning "Buxoro"ga qaytishini muxlislar turlicha qabul qilishdi. Kimdir kelganini yaxshi degan bulsa, kimdir yomon dedi. Diqqatimizni tortgan narsa bu "yomon" deyishayotgan auditoriya juda ham ko'pchilikni tashkil etmoqda.
Buning sababi: O'tgan yilgi mavsumda "Buxoro" Zarafshonda mehmon bo'lgandi. O'shanda uchrashuvning so'nggi daqiqalarida mezbonlar gol kiritib g'alaba kozongandilar. O'shanda golli pas muallifi aynan Ilya Ilin bo'lgandi.
Golni nishonlash maqsadida Ilin Buxorodan tashrif buyurgan 100 ga yakin muxlis o'tirgan tribuna tomon yugurib kelib muxlislarga nisbatdan xurmatsizlik qildi.
Oradan shuncha vaqt o'tgan bo'lsada, buxorolik muxlislar bu voqeani esdan chiqarganlari yo'q va saytimizda ko'plab Ilinga qarshi fikrlar bildirilmoqda.
Voqeaning bunday tus olishini ko'rgan Ilyaning o'zi bizga murojaat qilib, bo'lib o'tgan voqealar to'g'risida o'z fikrini bildirdi:
"Bo'lib o'tgan voqea hamon esimda. To'g'risini aytsam men hali-hanuz o'zimni kechirolmayapman bu qilmishim uchun. O'shanda men "Buxoro"ni tark etganimga ko'p vaqt bo'lmagandi. Meni "Buxoro" jamoasidan nima sababdan chetlatishganliklarini tushunolmay, asabiy tarzda yurgandim. O'sha vaziyatda men muxlislarga qaratib bu ishni qilmoqchi emasdim, behosdan shunday bo'lib qoldi. Men bu ishni boshqa manoda qildim, lekin muxlislarga umuman g'arazim yo'q edi. Men ham inson, inson bazida xato qilib turadi, o'sha kuni men xato qildim va juda-juda afsusdaman. Aslida men buxoroliklarga xurmatim juda baland. O'zim buxorolikman, Buxoro muxlislarini juda yaxshi bilaman. Ular yaxshiga yaxshi, yomonga yomon!
Saytingizdan foydalangan holda men barcha muxlislarimizdan uzr so'rayman. Meni kechiringlar, beboshlik qilib qo'ydim. Vada beraman, bunga o'xshash holat boshqa qaytarilmaydi. Menda o'z aybimni yuvish uchun imkoniyat paydo bo'ldi, maydonda buxorolik muxlislar xurmati bor kuchimni berib harakat qilishga vada beraman" - deb o'z fikrini yakunladi Ilya Ilin.