Oktyabr oyida bo'lib o'tgan yig'in kabi "Futbol Ekspress" gazetasining ko'magi bilan "CA" ham terma jamoamizning hal qiluvchi yig'inida ishtirok etadi. Albatta, bu xabar ko'plab o'quvchilarni quvontirishi tabiiy. Kundaliklar, video va fotomaqola. Futbolchilarimiz bilan eksklyuziv intervyularni joyidan turib sizlarga taqdim etamiz.
Dubayda bir emas, uchta jamoaga qarshi jiddiy bahs olib boriladi. Undan tashqari bugun Alisher Nikimbaevning menga ma'lum qilishicha, "Al Shabab" va "Al Ayn" klublari o'rtasidagi qoldirilgan uchrashuv 22 dekabr kuni bo'lib o'tar ekan.
Albatta, Aziz Haydarov ishtirokidagi BAA chempionatining markaziy uchrashuvini tomosha qilish orqali, undagi voqealarni Sizlarga etkazamiz. Agar "Al Shabab" mazkur uchrashuvda g'alaba qozonadigan bo'lsa, turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarilib oladi. Bu yerda "Al Ayn"ning yana bitta zaxira o'yini qoladi. Azizning o'yinini ko'rishdan tashqari, biryo'la "Paxtakor"ning OCHLdagi raqibi asil kuchiga baho beramiz.
Hozircha shular. Bugunga qisqa bo'ldi, hammasi ertadan boshlanadi. Demak, kutamiz, o'qiymiz va terma jamoamizga omad tilaymiz!
Nodirxo'ja Yuldashev.