Ilhom Mo'minjonov: "Kanchelskis keladi? Buni sizdan eshitdim"

Narzulla Saydullayev
3 okt 2018
"Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun Haqli ravishda yutqazdik. Himoyadagi qo'pol xatolar tufayli imkoniyatni boy berdik. Hujum chizig'ida ham vaziyatlardan foydalana olmadik", - deydi Ilhom Mo'minjonov.

- Bugun jamoadagi oxirgi o'yiningiz va "Navbahor"ga Andrey Kanchelskis kelishi haqida xabar chiqdi. Bunga munosabatingiz?

- Buni sizdan eshitayapman. "Navbahor"ga befarq emasman, balki 4 yil ishlarman, balki 5 yil ishlarman, balki keyingi haftagacha ishlarman. Bu xabarni hozir sizdan eshitdim

- Ro'zimboy Ahmedov uzoq tanaffusdan keyin asosiy tarkibda maydonga tushdi. Buni nima bilan bog'laysiz?

- Ro'zimboy bilan o'zimizning ichki ishimiz. Buni silarga oshkor qila olmayman. Azamat Allaniyozov bugungi kunda gipsda. Bugun ikki nafar hujumchining xizmatlaridan foydalandik.

- Ro'zimboy Ahmedov bilan bo'lib o'tgan voqea jamoa muhitiga ta’sir qildimi?

- O'ylashimcha ta’sir qilmadi. Bugun "Bunyodkor" haqli ravishda g'olib bo'ldi. Futbolchilarim professional.

- "Navbahor" o'z uyida sizning qo'l ostingizda umuman yutqazmadi. Lekin safarda natijalar teskari...

- Safardagi mag'lubiyatlarda murabbiy aybdor bo'ladi. Mavsum boshida ham aytganman, safarda g'alaba qozona olmayapmiz. Oldindagi 7ta turdan 4tasini safarda o'tkazamiz. Agar mehmonda ochko ololmasak chempionlikka davogarlik qila olmaymiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia