

Terma jamoamiz a'zosi Ilhom Hamroev Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish jarayoni haqida saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.
"Tayyorgarlik a'lo darajada bo'lyapti. Ko'rib turganingizdek, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yangi murabbiy bilan ishlamoqdamiz. Kundan - kunga kuchayib borishga harakat qilmoqdamiz. O'ylaymanki, o'rtoqlik uchrashuvlari orqali yaxshi sport formasiga kirib olamiz. Jahon chempionatida maksimal holatda bo'lamiz.
Tailanddagi turnir hammamiz uchun katta tajriba bo'ladi. Murabbiylar har xil taktikalarni qo'llashadi. Bunday kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar bilan har tomonlama tayyorgarlanamiz",- deydi Ilhom Hamroev.



