Ilgiz Tantashev “Suzuki Kubogi” yarim final uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi
Narzulla Saydullayev
4 dek 2016, 16:28
Ilgiz Tantashev boshchiligidani o'zbekistonlik hakamlar guruhi Myanma va Tailand o'rtasidagi “Suzuki Kubogi” yarim final uchrashuvini boshqarib boradi.
Uchrashuvga bosh hakam etib tayinlangan Ilgiz Tantashevga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasi Aziz Asimovga yuklatildi.
Mazkur uchrashuv 4 dekabr kuni Myanmaning Yangon shahrida bo'lib o'tadi.