Ildar Mamatkazin "Nasaf" bilan shartnoma tuzdi

26 yanv 2016, 07:05
"Ajdarlar" kuni-kecha yana bir futbolchi bilan bitim imzoladi.

So'nggi yillarni Samarqandning "Dinamo" jamoasida o'tkazgan Ildar Mamatkazin yaqinda "Nasaf" yig'iniga borib qo'shilgandi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli himoyachi kuni-kecha qarshiliklar bilan shartnoma tuzgan. Jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev himoyadagi muammolarni aynan ushbu futbolchi yordamida bartaraf etishga urinayotganini bilib olish qiyin emas. Shu bois katta ehtimol bilan Mamatkazin joriy mavsumni "Nasaf" tarkibida o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia