

“Temiryo'lchilar” jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev klub matbuot xizmatiga o'yinoldi fikrlarini bildirib o'tdi:
- Finalga juda yaxshi tayyorgarlik olib bordik. “Bunyodkor” bilan o'tgan qiyin bahsdan so'ng jamoa ertasigayoq bugungi o'yinga hozirlikni boshlab yubordi. Ammo oldinda bizni ancha murakkab bellashuv kutib turibdi. Zero “Nasaf” – ancha shakllangan klub. Qarshiliklarga qarshi o'ynash doim ham oson bo'lmagan.
Lekin biz maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz. Jamoamizda kayfiyat a'lo darajada. Bunday bahslarda jangovar ruhiyatsiz g'alabaga erishib bo'lmaydi, - deydi mahoratli yarim himoyachi.



