Ikkinchi bosqich yakunlari. “NBU-Osiyo” haqida

Narzulla Saydullayev
22 noya 2014, 16:26
Birinchi liga klublarining ikkinchi bosqich yakunlariga bag'ishlangan statistik maqolalarni berishda davom etamiz.
Liganing doimiy ishtirokchilaridan biri bo'lib kelayotgan “NBU-Osiyo” mavsumni 6-o'rinda yakunladi. “Bankirlar”ni avvaliga Jafar Irismetov boshqarib kelayotgandi. Lekin ayrim sabablarga ko'ra sobiq goleador o'z o'rnini bo'shatib qo'ydi. Shundan so'ng klub rahbariyati boshqaruv postiga Ravshan Bozorovni olib keldi. 46 yoshli mutaxassisga Aleksandr Xvostunov o'ynovchi murabbiy sifatida ham yordam bermoqda. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, bu yil toshkentliklar o'z safiga tajribali o'yinchilarni qo'shib oldi.

 Lekin baribir jamoa o'z oldiga kuchlilar safiga chiqishni asosiy vazifa qilib qo'ymayapti. Tarkib borasida ularni bemalol yetakchilar safiga qo'shish mumkin. Balki keyinchalik moddiy texnik baza va klub infratuzilmasi yaxshilanib, “NBU-Osiyo” ham elita yo'llanmasi uchun kurash olib borar. Buni vaqt ko'rsatadi.

   
Ikkinchi bosqichda “NBU-Osiyo”ning qaydlari quyidagicha bo'ldi.  

O'yinlar

16

Gollar

32

Uyda

20 (62,5%)

Safarda

12 (37,5%)

O'tkazib yuborilgan gollar

25

Uyda

12 (48%)

Safarda

13 (52%)

O'rtacha urilgan gollar

2

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,56

Uydagi ochkolar

16/24 (66,67 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

9/24 (37,5 %)

Eng yirik g'alaba

5:2 – “G'allakor”

Eng yirik mag'lubiyat

0:3 – “Sho'rtan”, “Sho'rtan”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

3 (18,75%)

Gol ura olmagan o'yinlar

4 (25%)

Irodali g'alaba

2

Irodali durang

3

Irodasiz mag'lubiyat

1

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

4

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

2/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

32 (2)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

2 (0,12) - 0/2

Muxlislar (jami/o'rtacha)

9614/601



“NBU-Osiyo” hisobiga ikkinchi bosqichda jami 32ta gol yozildi. Shundan 30tasini jamoa a'zolari urgan. Qolgan ikkitasi esa “Orol” va “Xorazm”ga qarshi o'yinlarda avtogol tarzda kiritilgan.

Nosir Eronov ikkinchi bosqichda jamoa to'purari bo'ldi.  
Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

Nosir Eronov

6

Abdumajid Toirov

4

Leonid Koshelev

4

Aleksandr Lupashko

3

Gay-Etano Yusupov

2

Davron Valijonov

2

Ikrom Ibragimov

2

Murod Rajabov

2

Aleksey Nikolaev

1

Javlon Guseynov

1

Jahongir Soqiev

1

Nikita Sviridov

1

Farruh Nurliboev

1

Allayor Reimov (avtogol)

1

Jamol Masharipov (avtogol)

1



Islombek Rustambekov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia