Ikardi PSJ safida qoyilmaqom natija qayd etmoqda

9 yanv 2020, 09:49
PSJ Fransiya liga kubogi 1/4 finalida “Cent-Eten”ni 6:1 hisobida engdi.

Uchrashuvda parijliklar safida Mauro Ikardi 2, 49 hamda 57-daqiqalarda gol kiritib, xet-trikka erishdi.

“Inter”dan ijaraga olingan arentinalik joriy mavsum PSJ safia jami 19 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urishga erishdi. Liga kubogidagi xet-trik esa uning uchun PSJ safidagi birinchisi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka