Ikardi jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2020, 08:23
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa hujumchisi Mauro Ikardining jarohat olganini ma'lum qildi.

“Hozirgi vaqtda futbolchilarimizda etarlicha muammolar bor. Ikardi tizzasidan jarohat oldi. Jarohat jiddiy emas, biroq u biz bilan mashg'ulot olib bormayapti. Shu sababli, u Nim va “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur”,-dedi Tuxel.

Ikardi joriy mavsumda Liga 1 bahslarida to'rtta uchrashuvda ishtirok etdi va o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi.

PSJ va “Manchester Yunayted” o'rtasidagi bahs 20 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru