Iguainning "Milan"ga o'tishi kechikayotgani sababi ma'lum

Mirjalol Normatov
29 iyul 2018, 12:41
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain maoshi sababli "Milan"ga o'tishi kechikmoqda.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchi "Yuventus"dan keyingi jamoasida hozirgidan kam maosh olishni istamayapti.Shu boisdan u "Milan"dan yiliga 7,5 mln evro maosh so'ramoqda. "Rossoneri"lar esa o'z holatiga ko'ra, buncha maosh to'lay olmaydi.

Yaqin vaqtlarda tomonlar biror summada to'xtala olishmasa, transfer amalga oshmasligi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo