

Nashr xabariga ko'ra, argentinalik forvard 15 may kuni Turinga yetib keldi. Yaqin vaqt ichida futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va ikki haftalik karantin muddatini o'taydi.
Eslatib o'tamiz, Iguain koronavirus pandemiyasi tufayli noma'lum muddatga qoldirilgan Italiya A seriyasi tanaffusi vaqtida Argentinaga jo'nab ketgandi. Ma'lum bo'lishicha, “Yuventus” asosiy tarkibining barcha a'zolari Italiyaga qaytib kelishgan va ular tez orada boshlanishi kutilayotgan A seriya bahslarida maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.



