Iguain shifoxonaga tushib qoldi

Tolibjon Qosimov
26 avg 2013, 22:20
"Napoli" hujumchisi Gonsalo Iguain Kapri orolida dam olish mobaynida toshga sirpanib ketdi va yiqilib, yuzi yorildi. Natijada futbolchi shifoxonaga yuborildi.
"Bolonya"ga qarshi uchrashuvda o'zining yangi klubi safida debyut qilgan futbolchiga shifoxonada tez tibbiy yordam ko'rsatilib, yuzining ayrim qismlarini tikishlariga to'g'ri keldi.

Iguainni shifoxonaga u bilan birga dam olayotgan ikki do'sti  olib boishdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, u boshqa jiddiy jarohat olmagan. Shuning uchun, boshqa shifoxonaga o'tkazishga hojat yo'q.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru