Iguain: "Hozirgacha Ronaldo ishtirokidagi uchrashuvlar videosini tomosha qilaman"
Aslanov Jasurbek
2 fev 2017, 13:45
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim ekanligini biladi.
"Hozirgacha Ronaldo ishtirokidagi uchrashuvlar videosini tomosha qilaman. Hech qachon fikrimni o'zgartirmayman va bu futbolchining uchrashuvlarini ko'rishda davom etaman. U men uchun futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi" - deydi Iguain.