Iguain faoliyatini yakunlamoqchi

Mirjalol Normatov
21 okt 2021
"Inter Mayami" forvardi Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashni o'ylamoqda.

33 yoshli argentinalik futbolchining klubi bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnomasi bor. Ammo u shu yilning noyabr oyida futbol bilan xayrlashishni reja qilmoqda.

Ushbu mavsumda hujumchi MLSning 26 o'yinida 9 gol va 4 assist qayd etdi. U faoliyati davomida "Real", "Napoli", "Milan", "Yuventus", "Chelsi" kabi klublar tarkibida harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FOX Sports