Iguain YCHL tarixidagi eng tez amalga oshgan dublni rasmiylashtirdi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018, 01:38
“Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguain ayni daqiqalarda davom etayotgan YCHL 1/8 final doirasidagi “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvda dublga erishib ulgurdi.

Argentinalik hujumchi bu ikki golini kiritish uchun hakamning o'yinni boshlanganini bildiruvchi hushtagi yangraganidan so'ng 8 daqiqayu 7 soniya vaqt sarfladi. 

Bu esa Yevropa Chempionlar ligasi tarixidagi eng tez amalga oshirilgan dubl sifatida qayd etildi. Bundan avvalgi rekord “Inter” sobiq hujumchisi Xulio Krusga tegishli bo'lib, u “Spartak”ka qarshi 2006/07 yilgi mavsumda 8 daqiqayu 30 soniya ichida dublga erishgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif