Iguain akasi bilan bir jamoada o'ynashi mumkin

Eldor Akmurzayev
19 may 2020, 20:25
“Yuventus” forvardi Gonsalo Iguain MLS klubi “Di Si Yunayted” a'zosiga aylanish kutilmoqda.

Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi ushbu jamoani tark etgan tajribali hujumchi Ueyn Runining o'rnini to'ldiradi. Shuningdek, “Kolambus Kryu”da harakat qilayotgan Iguainning akasi Federiko ham “Di Si Yunayted” a'zosiga aylanishi aytilmoqda.

Gonsalo joriy mavsum A Seriyada 23 o'yinda qatnashib, 5+4 natijaga erishdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia